AQSh prezidenti transgender sportchilarga ayollar sportida qatnashishni taqiqlovchi farmonni imzoladi, deb xabar beradi BBC.
Nizomlar asosan maktab, universitet va havaskorlar musobaqalariga tegishli.
“Bundan buyon ayollar sporti faqat ayollarga bag‘ishlanadi. Ushbu farmon ayollar sportiga qarshi urushni tugatadi”, – dedi Tramp hujjatni imzolashdan oldin.
U, shuningdek, AQSh transgender sportchilarga vizani rad etishini aytdi.
Tramp, shuningdek, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasini 2028 yilgi Los-Anjeles Olimpiadasi oldidan transgender sportchilarga oid qoidalarini o‘zgartirishga ko‘ndirishini aytdi.
Tramp AQSh hukumati faqat ikki jins – erkak va ayolni rasman tan olishini ma’lum qilgan.