Bugun 28 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Tramp tomonidan tayinlangan amaldorlar tahdidlarga uchradi

Tramp tomonidan tayinlangan amaldorlar tahdidlarga uchradi

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp tomonidan Oq uy bo‘lajak ma’muriyati a’zolari sifatida ko‘rsatilgan bir nechta shaxs Federal qidiruv byurosiga portlovchi qurilma bilan bog‘liq tahdidlar olganini aytdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Byuro “ko‘plab portlash tahdidlari” va soxta minalash xabarlari haqida ma’lumot borligini tasdiqladi. Tahdidlar haqida birinchi bo‘lib Tramp inaugurasiyasidan so‘ng AQShning BMTdagi doimiy vakili etib tayinlanishi kutilayotgan Eliza Stefanik xabar bergan.

Huquq-tartibot organlari tahdidga uchragan bir necha kishining xavfsizligini ta’minlash uchun tezkor choralar ko‘rdi. Prezident Tramp bu borada bizga namuna ko‘rsatmoqda — biz tahdidlar oldida bo‘yin egmaymiz, dedi — Trampning o‘tish jamoasi vakili Karolin Livitt.

U shu tariqa saylangan prezidentga qilingan suiqasdlarni esga oldi.

Kiritildi: Bugun 10:38. O'qildi: 266 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!