AQSh prezidenti Donald Tramp siyosiy raqiblariga qarshi bosimni kuchaytirib, ularga nisbatan jinoiy ishlarni amalga oshirishni boshladi. Shu haftada uni tanqid qilgan va ilgari unga qarshi chiqqan bir qator siyosiy arboblar tergovga tortila boshladi.
Eng ko‘p muhokama qilingan holat — Nyu-York bosh prokurori Letisiya Jeymsga nisbatan bank firibgarligi aybi qo‘yildi. U 2023 yilda Tramp va uning Trump Organization kompaniyasiga 454 million dollar jarima soldirgan edi.
Shuningdek:
Eks-FBR direktori Jeyms Komi Kongressda yolg‘on bayonot berishda gumon qilinmoqda;
Demokrat senator Adam Shiff ipoteka hujjatlari bo‘yicha tekshiruvga olindi;
Sobiq milliy xavfsizlik maslahatchisi Jon Boltonning uyida maxfiy hujjatlarga oid qidiruv o‘tkazildi.
Tramp o‘zining Truth Social platformada raqiblarini “darhol javobgarlikka tortish”ni talab qilgan. AQSh matbuoti va tahlilchilar bu jarayonni so‘nggi yillarda Trampga qarshi harakat qilganlarga nisbatan siyosiy intiqom sifatida baholamoqda.