Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp: "Tailand va Kambodja yetakchilari harbiy harakatlarni to‘xtatishga kelishib oldilar"

Tramp: "Tailand va Kambodja yetakchilari harbiy harakatlarni to‘xtatishga kelishib oldilar"

AQSh prezidenti Donald Tramp Tailand va Kambodja bosh vazirlari bilan yaxshi suhbatlashganini, shundan so‘ng tomonlar barcha harbiy harakatlarni to‘xtatishga kelishib olganini da’vo qilmoqda.

Bu haqda Amerika yetakchisining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida tegishli xabar e’lon qilindi.

"Men Tailand Bosh vaziri Anutin Charnvirakul va Kambodja Bosh vaziri Xun Manet bilan uzoq davom etgan urushining o‘ta baxtsiz qayta boshlangani haqida juda yaxshi suhbatlashdim. Ular bugun kechqurun barcha otishmalarni to‘xtatishga va Malayziyaning buyuk Bosh vaziri Anvar Ibra yordam bergan, men bilan erishgan dastlabki tinchlik kelishuvlariga qaytishga kelishib oldilar", deb yozdi Tramp.

U, shuningdek, avvalroq Tailand askarlarini o‘ldirgan va yaralagan portlash "baxtsiz hodisa" bo‘lganini va Tailand "juda kuchli javob berganini" ta’kidladi.

"Ikkala davlat ham AQSh bilan tinchlik va savdoni davom ettirishga tayyor", - dedi Vashington ma’muriyati rahbari. U, uning fikricha, "aks holda keng ko‘lamli urushga aylanib ketishi" mumkin bo‘lgan to‘qnashuvlarni tugatish uchun har ikki davlat rasmiylari bilan hamkorlik qilish niyatini qayd etdi. Tramp Malayziya bosh vaziriga kelishuvga yordam bergani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Avvalroq, AQSh prezidenti bilan telefon suhbatidan so‘ng Tailand bosh vaziri Kambodja bilan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi mavjud emasligini ma’lum qilgan edi.

"Vaziyatni hujumga uchragan tomon emas, balki kelishuvni buzgan tomon (Kambodja) tuzatishi kerak”, — deya Charnvirakul so‘zlarini keltiradi Reuters agentligi.

Kiritildi: 08:00 13.12.2025. O'qildi: 582 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!