AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy rahbari Si Szinpin uning Xitoyga tashrif buyurishini istashini aytdi.
Bu haqda Amerika yetakchisi Breitbart News nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Si Szinpin mening Xitoyga borishimni istaydi va u bu yerga - AQShga keladi”, deb ta’kidladi Tramp va ehtimoliy tashriflar sanalari hali kelishib olinmaganini ta’kidladi. "Biz katta ehtimol bilan yaqin kelajakda, balki shu yil oxirigacha Xitoyga boramiz. Va u bu yerga keladi", - deya qo‘shimcha qildi Amerika ma’muriyati rahbari.
Tramp Xitoy bilan savdo muzokaralariga ham ijobiy baho berdi. "Biz Xitoy bilan juda yaxshi munosabatdamiz. Savdo kelishuvi atrofidagi vaziyat hozircha yaxshi. Men tariflarni oshirdim, bir payt ular 145 foizga yetdi, bu esa hech qanday biznes qilishning iloji yo‘qligini anglatadi. Yumshoq qilib aytganda, bu biroz ortiqcha bo‘ldi va aslida AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdoni bir oyga to‘xtatdi. Xitoy biz uchun juda muhim", - deya xulosa qildi u.