Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Tramp soxtalashtirilgan video uchun BBC'dan 1 milliard dollar tovon talab qilmoqda — Fox News

Tramp soxtalashtirilgan video uchun BBC'dan 1 milliard dollar tovon talab qilmoqda — Fox News

AQSh prezidenti Donald Tramp BBC kompaniyasini unga nisbatan “yolg‘on, tuhmat, haqoratli va g‘azab uyg‘otuvchi bayonotlar” berganlikda ayblab, 1 milliard dollargacha zarar undirish uchun sudga berishini bildirdi, deya xabar bermoqda telekanal.

Fox News'ga ko‘ra, Trampning huquqshunoslari BBC'dan uch narsani talab qilgan: Panorama nomli hujjatli filmni efirdan olib tashlash, hodisa uchun rasman kechirim so‘rash va 1 milliard dollar miqdorida tovon to‘lash. Trampning advokati BBC 14 noyabrgacha talablarni bajarmasa, AQShning Florida shtatida sud ishi ochilishini ma’lum qilgan.

Avvalroq The Daily Telegraph nashri BBC 2024 yil oktyabr oyida efirga uzatgan Panorama dasturida Trampning 2021 yil 6 yanvarda aytgan nutqini tahrir qilib, tarafdorlarini Kongressni bosib olishga chaqirgandek ko‘rsatgan.

Aslida esa Tramp o‘sha nutqida fuqarolarga tinch yo‘l bilan o‘z fikrini bildirish zarurligini aytgan edi. Filmda esa nutq parchalari kesilib, Kongress binosiga yurib borayotgan odamlar tasvirlari bilan birlashtirilgan, bu esa tomoshabinda Tramp ularni harakatga undagandek taassurot qoldirgan.

Mazkur mojaro ortidan BBC bosh direktori Tim Deyvi va yangiliklar bo‘limi rahbari Debora Terness iste’foga chiqqan. BBC'ning egasi Samir Shoh esa bu tahrir “xato qaror” bo‘lganini tan olgan va jamoatchilikdan uzr so‘ragandi.

Kiritildi: 16:27 12.11.2025. O'qildi: 615 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!