Bugun 27 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tramp Si sharafiga banketda AQShning texnologik gigantlari rahbarlarini to‘pladi. Bu nimadan dalolat?

Tramp Si sharafiga banketda AQShning texnologik gigantlari rahbarlarini to‘pladi. Bu nimadan dalolat?

AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda Xitoy rahbari Si Szinpin sharafiga davlat banketi o‘tkazdi. Unda AQShning yirik texnologik kompaniyalari rahbarlari, jumladan, Ilon Mask, Jeff Bezos, Sem Altman, Tim Kuk, Djensen Xuang, Sundar Pichai, Mark Sukerberg va Maykl Dell ishtirok etdi.

Ushbu kompaniyalarning umumiy bozor kapitalizasiyasi qariyb 24 trillion dollarni tashkil etadi. Bu Germaniya yalpi ichki mahsulotidan taxminan 4,5 barobar ko‘p.

Tramp banketi orqali sun’iy intellekt sohasida global yetakchilik uchun kurashda AQShning qat’iyatini namoyish etish va Si Szinpinga ta’sir o‘tkazishni maqsad qilgan.

Sammit kuni harbiy paradlar bilan boshlangan. Shundan so‘ng Tramp va Si Szinpin uch soat davomida muzokara o‘tkazdi. Avvaliga ikki davlat rahbari yuzma-yuz suhbatlashgan, keyin muzokaralarga delegasiyalar qo‘shilgan.

Tomonlar o‘rtasida kelishmovchiliklar saqlanib qolayotganiga qaramay, Tramp AQSh va Xitoy munosabatlarini tarixdagi eng yaxshi davrda ekanini ta’kidladi.

Banketi davomida asosiy mavzulardan biri sun’iy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanishi va u bilan bog‘liq xavotirlar bo‘lishi kutilgan. AQSh va Xitoy sun’iy intellekt sohasida yetakchilik uchun raqobatni davom ettirmoqda.

Vashington Xitoyning ilg‘or sun’iy intellekt chiplariga kirishini cheklayotgan bir paytda, Xitoy kompaniyalari o‘z texnologiyalarini jadal rivojlantirmoqda.

AQSh Moliya vaziri Skott Bessent esa sammit oldidan sun’iy intellekt bilan bog‘liq inqirozlar uchun favqulodda aloqa kanali yaratishni taklif qildi. Bunday kanal, masalan, avtonom harbiy tizimlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda qo‘llanishi mumkin.

Kiritildi: 20:30 25.09.2026. O'qildi: 813 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!