Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Tramp Si Jinpinni “buyuk yetakchi” deb atadi va u bilan do‘st bo‘lish o‘zi uchun sharaf ekanini aytdi

Tramp Si Jinpinni “buyuk yetakchi” deb atadi va u bilan do‘st bo‘lish o‘zi uchun sharaf ekanini aytdi

AQSh prezidenti, shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar har qachongidan ham yaxshiroq bo‘lishiga ishonch bildirdi.

Donald Trampning Pekinda Si Jinpin bilan o‘tkazgan muzokaralaridagi asosiy bayonotlari:

◾️ Vashington va Pekin o‘rtasidagi munosabatlar sifat jihatidan yaxshilanish va misli ko‘rilmagan darajaga chiqish salohiyatiga ega;

◾️ AQSh Xitoy bilan iqtisodiy hamkorlikni to‘liq o‘zaro manfaatdorlik va tenglik tamoyillari asosida qurish niyatida;

◾️ Si Jinpin bilan shaxsiy aloqalarim ikki tomonlama kun tartibidagi inqirozli vaziyatlarni bartaraf etishga bir necha bor yordam bergan;

◾️ Qo‘shma Shtatlar delegasiyasi tarkibiga dunyoning 30 ta yetakchi kompaniyalari vakillari kirdi, bu esa tashrifning ishbilarmonlik yo‘nalishini alohida ko‘rsatib beradi.

Shuningdek, Donald Tramp Si Jinpin bilan muzokaralar avvalida ikki davlat yetakchilari o‘rtasida ba’zi tushunmovchiliklar paydo bo‘lishiga qaramay, ularning hammasini tartibga solishga muvaffaq bo‘linganini aytdi.

Kiritildi: Bugun 13:25. O'qildi: 347 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!