Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Tramp Saudiyaga yo‘l oldi: Fors ko‘rfazi davlatlari bilan muhim muzokaralar kutilmoqda

Tramp Saudiyaga yo‘l oldi: Fors ko‘rfazi davlatlari bilan muhim muzokaralar kutilmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda Fors ko‘rfazi davlatlari rahbarlari ishtirokida sammit o‘tkazmoqchi.

Bu haqda Axios yozmoqda.

"Tramp may oyi o‘rtalarida Saudiya Arabistoniga tashrifi chog‘ida Fors ko‘rfazi davlatlari rahbarlari bilan sammit o‘tkazishi kutilmoqda," - deyiladi nashrda.

Sammitda Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn, Quvayt, Ummon va Qatar rahbarlari ishtirok etadi. Nashr suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, Trampning tashrifi Vashingtonning Fors ko‘rfazi mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorligi muhimligini ta’kidlashi kerak.

Oq uy rahbarining Ar-Riyodga kelishi 13 mayga rejalashtirilgan, sammit ertasi kuni o‘tkazilishi mumkin.

Keyin Tramp Doha va Abu-Dabiga yo‘l oladi. Safarlar doirasidagi asosiy masalalar investisiyalar, qurol-yarog‘ savdosi va sun’iy intellekt sohasidagi hamkorlik bo‘ladi.

Kiritildi: 19:16 03.05.2025. O'qildi: 575 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!