Bu haqda The Jerusalem Post nashri Amerikaning The Media Line agentligiga tayanib xabar bermoqda.
"Prezident Donald Tramp Falastin davlati va uning Qo‘shma Shtatlar tomonidan tan olinishi, shuningdek, HAMAS harakati ishtirokisiz Falastin davlati tuzilishi ko‘zda tutilgan deklarasiyani ilgari surishi rejalashtirilgan", — deya ma’lum qildi o‘z ismini oshkor qilmagan Fors ko‘rfazi mamlakatlaridan bo‘lgan diplomatik manba.
Manbaga ko‘ra, agar AQSh Falastinni rasman tan olishini e’lon qilsa, bu Yaqin Sharqdagi kuchlar muvozanatini o‘zgartiruvchi eng muhim bayonot bo‘ladi va “Ibrohim kelishuvlari”ga ko‘proq davlatlar qo‘shiladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shuningdek, Saudiya Arabistonidagi sammitda iqtisodiy kelishuvlar ham bo‘lishi kutilmoqda, jumladan, Fors ko‘rfazi arab mamlakatlari AQShning savdo bojlaridan ozod qilinishi mumkin.