Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp Saudiya Arabistoni va Qatarni Avraam kelishuvlariga qo‘shilishga chaqirdi

Tramp Saudiya Arabistoni va Qatarni Avraam kelishuvlariga qo‘shilishga chaqirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Avraam kelishuvlarini kengaytirish jarayoni Saudiya Arabistoni va Qatarning qo‘shilishi bilan boshlanishi kerakligini aytdi.

Tramp bu haqda Truth Social sahifasidagi postida e’lon qildi.

Amerika yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Avraam kelishuvlarini kengaytirish Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon, BAA prezidenti Muhammad bin Zayd al-Nahayon, Qatar amiri Tamim bin Hamad al-Taniy, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Iordaniya qiroli Abdulloh 2 va boshqa rahbarlar bilan muzokaralar chog‘ida muhokama qilingan.

Tramp Saudiya Arabistoni, Qatar, Pokiston, Turkiya, Misr va Iordaniya kelishuvlarga qo‘shilishi kerakligini ta’kidladi: "Hammasi Saudiya Arabistoni va Qatarning darhol kelishuvlarni imzolashi bilan boshlanishi kerak va boshqalar ham shunga amal qilishlari kerak".

U shuningdek, Avraam kelishuvlari Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn, Marokash va Sudan kabi ishtirokchi davlatlar uchun allaqachon samaradorligini isbotlaganini ta’kidladi.

U shuningdek, agar ko‘proq davlatlar kelishuvni imzolasa, Yaqin Sharq "birlashgan, kuchli va iqtisodiy jihatdan qudratli mintaqa"ga aylanishi mumkinligiga ishonch bildirdi.

Bundan tashqari, Tramp o‘z vakillariga Avraam kelishuvlariga qo‘shilish jarayonini boshlashni buyurganini e’lon qildi.

Kiritildi: Bugun 18:21. O'qildi: 239 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!