Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Tramp Ruanda va Kongo Demokratik Respublikasi prezidentlarini yarashtirmoqchi

Tramp Ruanda va Kongo Demokratik Respublikasi prezidentlarini yarashtirmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp payshanba kuni Ruanda va Kongo Demokratik Respublikasi rahbarlari Pol Kagama va Feliks Chisekedini qabul qilib, tinchlik bitimini imzolaydi.

Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt ma’lum qildi.

"Payshanba kuni Prezident Tramp o‘zi vositachilik qilgan tarixiy tinchlik va iqtisodiy kelishuvni imzolash uchun Ruanda Respublikasi va Kongo Demokratik Respublikasi prezidentlarini qabul qiladi", dedi u.

27 iyun kuni Vashingtonda AQSh va Qatar vositachiligida Kongo Demokratik Respublikasi va Ruanda tashqi ishlar vazirlari tinchlik bitimini imzoladilar.Ushbu kelishuv ikki davlat prezidentlarining Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan bo‘lajak uchrashuvi yakunlari bo‘yicha to‘liq amalga oshirilishiga kelishib olindi.

Kongo sharqidagi hozirgi inqiroz to‘rt yil oldin isyonchi guruhlarning kengayishi bilan yuzaga kelgan, ularning eng kattasi M23. Isyonchilar KDR sharqidagi 100 dan ortiq shahar va qishloqlarni, jumladan, ikki provinsiya poytaxtlarini egallab oldi. Ular egallab turgan hududlarda Kongo hukumatiga bo‘ysunmaydigan mahalliy hokimiyat organlari tashkil etilgan. Rasmiylar ularning ortida Ruanda hukumati turganini da’vo qilmoqda.

Kiritildi: 10:30 02.12.2025. O'qildi: 669 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!