"Menimcha, bu dahshatli voqea, menga ular xato qilganini aytishdi. Ammo men bu hodisani dahshatli deb hisoblayman. Menimcha, bu urushning o‘zi — dahshatli", — dedi AQSh prezidenti jurnalistlarning savollariga javob berar ekan.
"Men prezident bo‘lganimda Qo‘shma Shtatlar mazkur urushning boshlanishiga yo‘l qo‘ymagan bo‘lar edi. Bu urush — AQSh uchun sharmandalik. Millionlab odamlar halok bo‘ldi, ular yashashi kerak edi. Butun Ukraina bo‘ylab shaharlar vayron bo‘lmoqda", — deya qo‘shimcha qildi prezident.
Shuningdek, Tramp Baydenni tanqid qildi hamda u "urushning boshlanishiga yo‘l qo‘yganini" aytib o‘tdi.
"Bu — Baydenning urushi. Bu mening urushim emas. Urush Bayden davrida boshlandi. U Ukrainaga milliardlab dollarlarni berdi. Agar Baydenning miyasini bir qismi ishlaganida, u bunga hech qachon rozi bo‘lmasdi. Men esa hech qachon bunga yo‘l qo‘ymasdim. Men ushbu mojaroni to‘xtatishga harakat qilyapman, shunda biz ko‘plab insonlarni hayotini saqlab qolishimiz mumkin", — deya ta’kidladi Tramp.