AQSh prezidenti Donald Tramp 8 avgustgacha Ukrainaga qarshi urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilmasa, Rossiyani sanksiyalar bilan tahdid qildi.
Bu haqda Amerika yetakchisi Oq uyda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilgan.
31 iyulga o‘tar kechasi Rossiya Federasiyasining Kiyevga uyushtirgan ommaviy zarbasi oqibatlarini izohlar ekan, Tramp Kreml harakatlarini keskin tanqid qildi.
"Rossiya qilayotgan ishlar jirkanchlidir" - dedi Tramp.
Tramp, shuningdek, sanksiyalar Rossiya prezidenti Vladimir Putinni jilovlay olishiga hali ishonchi komil emasligini, ammo Vashington ularni baribir qo‘llash niyatida ekanligini ta’kidladi.
"Biz sanksiyalar kiritmoqchimiz - Putin sanksiyalardan xavotirdami yoki yo‘qmi, bilmayman. Ular sanksiyalar haqida bilishadi. Men sanksiyalar va tariflar haqida hammadan ko‘ra ko‘proq bilaman. Bu ta’sir qiladimi yoki yo‘qmi, bilmayman, lekin biz buni qilamiz", - deya ta’kidladi AQSh prezidenti.