Bugun 3 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tramp: "Rossiya yil boshidan beri 112 mingdan ortiq askari, Ukraina esa 8 ming askarini yo‘qotdi"

Tramp: "Rossiya yil boshidan beri 112 mingdan ortiq askari, Ukraina esa 8 ming askarini yo‘qotdi"

Joriy yil boshidan beri Rossiya Ukraina bilan urushda 112 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi, Ukraina esa 8 mingga yaqin askarini yo‘qotdi.

Bu haqda AQSh prezidenti Donald Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.

Trampning qayd etishicha, birgina shu oyda Ukraina bilan urushda qariyb 20 ming rossiyalik askar halok bo‘lgan.

"Menga hozirgina shu oyda Ukraina bilan urushda qariyb 20 ming rossiyalik askarlar halok bo‘lgani haqida xabar berishdi. Yil boshidan beri Rossiya 112,5 ming askarini yo‘qotdi. Bu juda ko‘p keraksiz o‘lim! Ukraina ham juda ko‘p jabr ko‘rdi. 2025 yilning 1 yanvaridan beri ular 8 mingga yaqin askarini yo‘qotdi, bunga bedarak yo‘qolganlar kiritilmagan" - dedi AQSh yetakchisi.

Shuningdek, u Ukrainada tinch aholi ham halok bo‘layotganini ta’kidladi, chunki Rossiya Kiyev va Ukrainaning boshqa aholi punktlarini o‘qqa tutishda davom etmoqda. "Bu hech qachon sodir bo‘lmasligi kerak bo‘lgan urush - bu TRAMPning emas, Baydenning urushi. Men buni to‘xtata olamanmi yoki yo‘qligini bilish uchun keldim!" - deb yozdi.

Kiritildi: 08:30 02.08.2025. O'qildi: 693 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!