AQSh prezidenti bu haqda Outkick portali jurnalisti Kley Trevisga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Bu urushni to‘xtatsak judayam ajoyib bo‘lar edi. Buni mendan boshqa boshqa hech kim eplay olmaydi", — deya ta’kidladi prezident.
Shuningdek, Tramp yana bir bor Putin bilan "juda yaxshi" tanish ekanligini eyuaytib, o‘zining prezidentlik davrda Rossiya "hech qayerga bostirib kirmaganini" eslatdi.
"Putin Qrimni va Gruziyani egallab oldi, bu Jorj Bush va Barak Obama prezidentlik qilgan davrda yuz berdi. Menimcha, dunyoda Putinni to‘xtata oladigan mendan boshqa hech kim yo‘q. Umid qilamanki, uni to‘xtata olaman", — deya fikr bildirdi AQSh prezidenti.