AQSh Davlat kotibi Marko Rubio AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya-Ukraina urushiga barham berish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solayotganini aytdi.
U bu haqda Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Rubioning ta’kidlashicha, Tramp "bu urushni meros qilib olgan" va "hozirda bunga katta miqdordagi siyosiy kapital, kuch va vaqt sarflab, uni tugatish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda".