Bugun 27 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Tramp: "Rossiya-Ukraina urushi hali beri tugamaydi"

Tramp: "Rossiya-Ukraina urushi hali beri tugamaydi"

Rossiya-Ukraina urushi tez orada tugamaydi.

Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi doirasidagi qo‘shma brifingda ma’lum qildi.

"Rossiya u qadar zo‘r ko‘rinmaydi. Bu ular uchun tez bo‘lishi kerak. Ko‘rinib turibdiki, bu uzoq vaqt tugamaydiganga o‘xshaydi", - dedi AQSh prezidenti.

Trampning fikricha, Rossiya iqtisodiyoti tanazzulga yuz tutmoqda va bu tinchlik jarayonidagi yutuq: "Eng katta taraqqiyot Rossiya iqtisodidir. U dahshatli holatda. Vayronaga aylanmoqda. Ochig‘ini aytganda, Ukraina armiyasi bu katta armiyani to‘xtatish uchun yaxshi ish qilyapti".

Vashington ma’muriyati rahbarining qo‘shimcha qilishicha, Xitoy va Hindiston Rossiya neftini xarid qilishda davom etar ekan, Ukrainadagi urushning “asosiy homiylari”dir. Tramp, shuningdek, Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan gaplashib, uni Rossiya neftini sotib olishni to‘xtatishga ko‘ndirishini ham istisno etmadi.

Kiritildi: 10:00 24.09.2025. O'qildi: 838 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!