Bugun 17 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Tramp Rossiya bilan hamkorlik qilgan davlatlarga qarshi sanksiyalar qo‘llash g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi

Tramp Rossiya bilan hamkorlik qilgan davlatlarga qarshi sanksiyalar qo‘llash g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Kongress a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Rossiya bilan hamkorlik qilayotgan mamlakatlarga nisbatan sanksiyalar joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Amerika yetakchisi bu haqda Florida shtatidan Vashingtonga jo‘nab ketishdan oldin jurnalistlarga ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Eron ham shunday choralar ko‘rilgan davlatlar qatoriga kirishi mumkin.

"Men bu haqda eshitganman va bu menga ma’qul”, dedi Amerika yetakchisi jurnalistlarga bu boradagi savolga javob berar ekan. “Respublikachilar Rossiya bilan biznes yurituvchi har qanday davlatga nisbatan o‘ta qattiq sanksiyalar qo‘yadigan qonun loyihasini kiritmoqdalar va ular orasida Eron ham bo‘lishi mumkin”.

Kiritildi: Bugun 10:50. O'qildi: 302 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!