Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tramp qog‘oz naychalarni bekor qiladi: "PLASTMASSAGA QAYTAMIZ!"

Tramp qog‘oz naychalarni bekor qiladi: "PLASTMASSAGA QAYTAMIZ!"

Prezident Donald Tramp qog‘oz naycha ishlab chiqarishga bo‘lgan intilishni to‘xtatish haqidagi ijro farmonini imzolashini ma’lum qildi.

"Men kelasi hafta Baydenning ishlamaydigan qog‘oz naychalar haqidagi ahmoqona tashabbusiga chek qo‘yadigan ijro farmonini imzolayman," - deb yozdi Tramp Truth Social'da. "PLASTMASSAGA QAYTAMIZ!"

2024 yil noyabr oyida sobiq prezident Jo Bayden plastik ifloslanishning oldini olish bo‘yicha milliy strategiyani e’lon qilgandi. Bayden yanada barqaror materiallarga o‘tishga e’tibor qaratgan holda plastik, jumladan, plastik naychalardan foydalanishni kamaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatladi. Bu mamlakatning bir martalik plastmassaga qaramligini kamaytirish yo‘lidagi qadam edi.

Ilgari Trampning 2020 yilgi prezidentlik saylov kampaniyasi davrida plastik naychalar sotilgandi. "Tramp" so‘zi yozilgan qizil naychalar "liberal" qog‘oz naychalarga muqobil sifatida taqdim etilgandi.

"Liberal qog‘oz naychalari ishlamaydi," - deyilgan edi Tramp saytida 2019 yilda. "Prezident Tramp bilan birga turing va bugun qayta ishlanadigan naychalaringizni sotib oling."

Kiritildi: 22:10 08.02.2025. O'qildi: 1626 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!