Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Tramp: "Putinga ishonmayman"

Tramp: "Putinga ishonmayman"

AQSh prezidenti Donald Tramp rossiyalik hamkasbi Vladimir Putindan nafaqat hafsalasi pir bo‘lganini, balki unga ishonmasligini ham aytdi.

Bu haqda Oq uy rahbari VVSga bergan izohida aytib o‘tgan.

Trampdan Rossiya yetakchisiga ishonasizmi, degan savolga u shunday javob berdi: "Men deyarli hech kimga ishonmayman".

Shuningdek, u Vladimir Putindan hafsalasi pir bo‘lganini va Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish imkoniyati kamida to‘rt marta qo‘ldan boy berilganiga amin ekanini qo‘shimcha qildi.

"Meni undan hafsalam pir bo‘ldi, lekin u bilan ishim tugamaydi. Lekin meni undan hafsalam pir bo‘ldi", deb ta’kidladi Tramp.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Ukrainadagi qon to‘kilishini imkon qadar tezroq to‘xtatishga harakat qilmoqda.

Kiritildi: 11:30 15.07.2025. O'qildi: 779 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!