Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Agentlik manbalariga ko‘ra, AQSh prezidenti bu iltimosini Putin bilan fevral oyidagi telefon suhbati chog‘ida bildirgan. Shundan so‘ng ushbu masala Ar-Riyodda Lavrov va Rubio o‘rtasidagi uchrashuvda ham muhokama qilingan.
Tramp Eronga uning yadro dasturi va Yaqin Sharqdagi Qo‘shma Shtatlarga qarshi proksi kuchlari bo‘yicha muzokara o‘tkazishni taklif qilmoqchi.
"Rossiya AQSh va Eron barcha muammolarni muzokaralar yo‘li bilan hal qilishi kerak deb hisoblaydi, biz bu yo‘lda qo‘limizdan kelgan barcha yordamni berishga tayyormiz", — deya munosabat bildirdi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
"Bu masalalarning ahamiyatini inobatga olgan holda, barcha davlatlar muammolarni hal qilish yuzasidan o‘z yordamlarini taklif qilishlari tabiiy hol hisoblanadi", deya bayonot berdi Eron Tashqi ishlar vazirligi.