"Men har doim Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan juda yaxshi munosabatda bo‘lganman, lekin u bilan nimadir sodir bo‘ldi. U butunlay aqldan ozdi! U ko‘plab odamlarni behuda o‘ldiryapti, bu yerda gap faqat askarlar haqida ketmayapti. Raketalar va dronlar hech qanday sababsiz Ukraina shaharlarini o‘qqa tutmoqda", — deb yozdi Qo‘shma Shtatlar prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, agar Putin butun Ukrainani bosib olishga urinsa, bu “Rossiyaning qulashi”ga olib keladi.
AQSh prezidenti, shuningdek, Ukraina yetakchisi Volodimir Zelenskiyni ham tanqid qilib, uni "o‘z mamlakatiga foyda keltirmayotganlik"da aybladi.
"Zelenskiy aytayotgan har bir gap muammo tug‘diradi, menga bu yoqmaydi, bunday gaplar to‘xtatilgani ma’qul. Agar men prezident bo‘lganinda, mazkur urush hech qachon boshlanmagan bo‘lardi. Bu — Zelenskiy, Putin va Baydenning urushi, “Trampniki” emas. Men faqat unga barham berishga harakat qilyapman", — deya ta’kidladi Donald Tramp.