Sobiq AQSh prezidenti Donald Tramp Putin bilan uchrashuv ehtimoli haqida shunday dedi:
«Men endi suhbatlarga qiziqmayman».
Uning ta’kidlashicha, u avval ham Putin bilan bir necha marta gaplashgan, biroq urush to‘xtamagan, Rossiya hali ham Ukrainaga hujum qilmoqda.
📍 Kreml vakili Dmitriy Peskov bugun bildirishicha, uchrashuv bo‘yicha hech qanday tayyorgarlik yo‘q, ammo agar prezidentlar bir shaharda bo‘lsa, nazariy jihatdan uchrashuv mumkin.
🇹🇷 Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on esa avvalroq Tramp va Putin uchrashuvini Istanbulda tashkil etishga harakat qilishini aytgan edi.