AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Oq uyning yangi jamoasi tarkibini e’lon qilishda davom etmoqda.
Tramp Qo‘shma Shtatlar Ta’lim vaziri lavozimiga o‘zining uzoq yillik safdoshi, WWE (World Wrestling Entertainment)ning sobiq hammuassisi Linda Makmen nomzodini ilgari surdi.
“Doktor Oz” shousi boshlovchisi sifatida tanilgan Mehmet Oz esa millionlab amerikaliklar salomatligi uchun mas’ul bo‘lgan Medicare and Medicaid Services markazlariga rahbalik qiladi.