Bugun 16 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Tramp Oq uy apparati rahbarini lavozimidan ozod etishni ko‘rib chiqmoqda

Tramp Oq uy apparati rahbarini lavozimidan ozod etishni ko‘rib chiqmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uy apparati rahbari Syuzan Uaylsni lavozimidan ozod etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Politico nashri o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

«Tramp o‘z tarafdorlarining Uayls haqidagi fikrlari bilan qiziqmoqda va yuqori lavozimdagi yordamchisini boshqa shaxs bilan almashtirish haqida o‘ylamoqda», — deyiladi nashr xabarida.

Biroq AQSh prezidentining o‘zi Uaylsning ehtimoliy iste’fosi haqidagi ma’lumotlarni qat’iyan rad etdi.

«Bu mutlaqo yolg‘on xabarlar. Politico faktlar, xolislik yoki halol jurnalistika haqida qayg‘urmaydi. Aynan shuning uchun ham men ularni Oq uydan haydab chiqarganman», — dedi Tramp.

Kiritildi: 23:46 15.10.2026. O'qildi: 237 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!