AQSh prezidenti Donald Tramp hukumatning chet el yordami va NPR va PBS jamoat teleradiokompaniyalari uchun ajratiladigan mablag‘larini jami 9 milliard dollarga qisqartirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
Bu haqda payshanba kuni Oq uy matbuot xizmati tarqatgan bayonotda aytilmoqda.
Bundan kelib chiqadiki, Tramp avvalroq AQSh Kongressi tomonidan ma’qullangan, “davlatning ayrim xarajatlarini bekor qilish” bandlarini o‘z ichiga olgan qonun loyihasini imzolagan. Hujjatga ko‘ra, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) faoliyati uchun Davlat departamentiga ajratilgan 7,9 milliard dollar, shuningdek, Amerika jamoat teleradiokorporasiyasiga yuborilgan 1,1 milliard dollar federal byudjetga qaytariladi. Bu miqdor deyarli to‘liq korporasiyaning ikki yillik byudjetiga to‘g‘ri keladi, bu orqali NPR va PBS hukumat tomonidan moliyalashtiriladi.
Tramp 4 iyun kuni Kongressga tashqi yordam va NPR va PBS uchun davlat xarajatlarini va moliyalashtirishni bekor qilish so‘rovini yubordi. NPR AQShning 797 radiostansiyasini, PBS – 50 shtatdagi 354 notijorat telekanalini birlashtiradi.