Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tramp oktyabr oyida Xitoyga bormoqchi, faqat o‘zi emas...

Tramp oktyabr oyida Xitoyga bormoqchi, faqat o‘zi emas...

AQSh Prezidenti Donald Tramp kuzda amerikalik kompaniyalar rahbarlari bilan birga Xitoyga tashrif buyurishi mumkin. Bu haqda Bloomberg agentligi manbalarga tayanib xabar berdi, deb yozadi TASS.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Amerika ma’muriyati vakillari ayrim kompaniyalar rahbarlariga murojaat qilib, 2025 yili Oq uy rahbarining Xitoyga ehtimoliy safarida uni kuzatishga qiziqishlari bor-yo‘qligini aniqlashga uringan.

Mumkin bo‘lgan sana sifatida oktyabr oyining oxiri tilga olinmoqda. Shu davrda Janubiy Koreyada Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik sammiti va Malayziyada Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasining oliy darajadagi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. AQSh prezidenti odatda ushbu ikki tadbirda ham qatnashadi.

Agentlikning eslatishicha, Tramp o‘zining birinchi xalqaro safarida – Fors ko‘rfazi davlatlariga qilgan tashrifi chog‘ida moliya, texnologiya va ishlab chiqarish sohalaridagi yetakchi kompaniyalar rahbarlarini hamroh qilgan. U o‘sha safarda energetika, sun’iy intellekt, chiplar, aerokosmik sanoat va boshqa sohalarni qamrab olgan milliardlab dollarlik yangi shartnomalar haqida e’lon qilgan va AQShning korporativ salohiyatini namoyon etgan.

Ushbu masala yuzasidan izoh so‘ralganda, AQSh ma’muriyati matbuot kotibi Kerolayn Livitt hozircha Trampning Xitoyga tashrifi rejalashtirilmaganini aytdi. Savdo vazirligi bu borada sharh berishdan bosh tortdi.

Kiritildi: 20:15 04.07.2025. O'qildi: 874 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!