"Oq uy ayrim amerikalik kompaniyalar rahbarlaridan prezident bilan birga Xitoyga borib, savdo masalalarini muhokama qilishga qiziqishlari bor-yo‘qligini so‘ramoqda. Tashrif uchun imkoniyatlardan biri — oktyabr oxiri bo‘lishi mumkin. O‘sha paytda Janubiy Koreyada Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti va Malayziyada Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assosiasiyasi (ASEAN) yetakchilari sammiti bo‘lib o‘tadi", deya yozmoqda agentlik manbalariga tayanib.
Odatda, AQSh prezidenti har ikki sammitda qatnashadi.
Hozircha Oq uy Trampning Xitoyga tashrif rejalari borligini inkor qilmoqda.
Bloomberg manbalarining aytishicha, Tramp ma’muriyatda bunday tashrifga qarshi bo‘lgan va Pekinga bosimni kuchaytirishni yoqlaydiganlar ham bor.