Bugun 11 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Tramp Nvidia rahbarining xitoylik josus ayol bilan ishqiy munosabati haqida gapirdi

Tramp Nvidia rahbarining xitoylik josus ayol bilan ishqiy munosabati haqida gapirdi

"Jensen Huang o‘sha ayol josus ekanini bilmagan": Tramp Nvidia rahbarining xitoylik josus ayol bilan ishqiy munosabati haqida gapirdi.

Avvalroq Nvidia kompaniyasi bosh direktori Jensen Huang rafiqasiga xiyonat qilganini tan olib, undan va kompaniya xodimlaridan uzr so‘ragandi. Nvidia esa holat yuzasidan mustaqil tekshiruv boshlagan. Tramp jurnalistlarga Huangga qo‘ng‘iroq qilib, uning hol-ahvolini so‘raganini aytdi.

"Huang “O‘sha ayol josus ekanini xayolimga ham keltirmaganman”, dedi va men unga chindan ham ishonaman. Men bundan hayratdaman, chunki uni doim yuksak axloqiy fazilatlarga ega inson deb bilardim. U ajoyib inson. Umid qilamanki, mazkur mojaro unga muammo tug‘dirmaydi", — dedi Tramp.

Prezident, shuningdek, Federal tergov byurosi (FTB) ushbu ish tafsilotlarini tekshirayotganini ma’lum qildi.

Jensen Huang xorijiy razvedka xizmatining nishoniga aylangan bo‘lishi mumkin. U bilan ishqiy munosabatda bo‘lgani aytilayotgan Megaspeed kompaniyasi rahbari Elis Huang Xitoy foydasiga josuslik qilish, shuningdek, AQShning Xitoyga sun’iy intellekt chiplarini yetkazib berishga qo‘ygan taqiqlarini chetlab o‘tishga urinish uchun yollanganlikda gumonlanmoqda. AQSh maxsus xizmatlari ayol ustidan kamida bir yil davomida elektron kuzatuv olib borgan.

O‘z navbatida, Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Nvidia rahbari atrofidagi josuslik ayblovlarini tuhmat deb atadi.

Kiritildi: 20:39 10.11.2026. O'qildi: 772 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik