Bugun 7 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Tramp noqonuniy migrantlarning ishlashiga ruxsat bermoqchi, faqat...

Tramp noqonuniy migrantlarning ishlashiga ruxsat bermoqchi, faqat...

AQSh prezidenti Donald Tramp ayrim noqonuniy migrantlarga qishloq xo‘jaligi va mehmonxona biznesida ishlash uchun mamlakatda qolishiga imkon beruvchi tizim yaratish masalasini ko‘rib chiqayotganini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hujjatsiz migrantlar shaklidagi arzon ishchi kuchidan voz kechish fermerlar va mehmonxona egalari uchun yomon oqibatlarga olib keladi. U bunday ishchilarga qonuniy ravishda Qo‘shma Shtatlarda qolish va soliq to‘lash imkoniyatini beruvchi «vaqtinchalik yo‘llanma» joriy qilishni taklif etdi. Biroq, bu yo‘llanma noqonuniy migrantlarga fuqarolikni olish uchun imkoniyat bermasligi kerak.

«Fermerlar bu odamlar uchun javobgar bo‘lishi mumkin. Ular fuqarolik olmaydi, lekin ishlab, soliq to‘laydi», dedi u.

Hozircha Oq uy bu qanday ishlashini tushuntirmagan. Ichki xavfsizlik departamenti va AQSh Fuqarolik va immigrasiya xizmati Trampning bayonotiga izoh berishdan bosh tortdi.

Kiritildi: 23:15 06.07.2025. O'qildi: 772 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!