AQSh prezidenti Donald Tramp telefon orqali muloqot chog‘ida Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuni yaqin orada Oq uyda bo‘ladigan uchrashuvga taklif qildi.
Bu haqda Isroil bosh vaziri idorasi ma’lum qilgan.
"Netanyaxu yaqinda Tramp bilan telefon orqali gaplashdi. AQSh prezidenti bosh vazirni yaqin orada Oq uyda bo‘ladigan uchrashuvga taklif qildi", — deyiladi xabarda.
Suhbat chog‘ida ikki yetakchi Falastinning XAMAS harakatini qurolsizlantirish va G‘azo sektorini qurolsizlantirish muhimligi va majburiyatini ta’kidladi. Shuningdek, ular mintaqa davlatlari bilan tinchlik kelishuvlarini kengaytirish masalalarini muhokama qildilar, deya qo‘shimcha qildi idora.
2020 yil sentyabrida Isroil AQSh vositachiligida BAA va Bahrayn bilan munosabatlarni normallashtirishga kelishib oldi. Uch tomonlama kelishuv “Ibrohim kelishuvi” deb nomlandi. Keyinroq Marokash va Sudan yahudiy davlati bilan munosabatlar normallashganini e’lon qildi. Bu kelishuvlarga qadar Isroil arab davlatlari orasida faqat Misr va Iordaniya bilan diplomatik aloqalarga ega edi.