AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahudan Dohada HAMAS yetakchilariga qaratilgan hujumdan keyin Qatarga yangi zarbalardan tiyilishni so‘ragan, deya xabar bermoqda nashr.
Axios manbalariga ko‘ra, Netanyahu hujumni boshlashdan avval na Tramp, na uning maslahatchilari bilan kelishgan. Zarba Oq uyda norozilikni keltirib chiqardi va butun dunyo bo‘ylab yetakchilarni tashvishga soldi.