Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp NATOga AQSh sarflayotgan mablag‘lardan norozi ekanini bildirdi

Tramp NATOga AQSh sarflayotgan mablag‘lardan norozi ekanini bildirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatning NATO mudofaasi uchun boshqa barcha a’zo davlatlarga qaraganda ancha ko‘p mablag‘ sarflayotgani, ammo bundan yetarli foyda ko‘rmayotganini ma’lum qildi.

Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozgan xabarida Tramp shunday dedi:

«Qo‘shma Shtatlar NATOni himoya qilish uchun boshqa har qanday davlatga qaraganda ancha ko‘p mablag‘ sarflaydi, ammo hech qanday foyda ko‘rmaydi».

Tramp keltirgan raqamlarga ko‘ra, NATO mudofaasiga ajratilgan mablag‘lar quyidagicha:

  • AQSh — 999 milliard dollar;
  • Buyuk Britaniya — 90,5 milliard dollar;
  • Fransiya — 66,5 milliard dollar;
  • Italiya — 48,8 milliard dollar;
  • Polsha — 44,3 milliard dollar.

Uning ta’kidlashicha, boshqa davlatlar, jumladan Germaniya, 2014–2025 yillar davomida ancha kam mablag‘ sarflagan.

«Bu bema’nilik!» — deya xulosa qildi Tramp.

Kiritildi: 19:28 02.07.2026. O'qildi: 679 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!