Bugun 27 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Tramp: "NATO davlatlari Rossiya samolyotlarini urib tushirishi kerak"

Tramp: "NATO davlatlari Rossiya samolyotlarini urib tushirishi kerak"

AQSh prezidenti Donald Tramp NATO davlatlari alyans havo hududini buzsa, Rossiya samolyotlarini urib tushirishi kerakligini aytdi.

Amerika yetakchisi bu haqda BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan ikki tomonlama uchrashuvda aytib o‘tgan.

"Ha, men shunday deb ishonaman", deb javob berdi Tramp bu boradagi savolga.

Shu bilan birga, Oq uy rahbari AQShning Rossiya samolyotini urib tushirgan “NATO ittifoqchisi”ni qo‘llab-quvvatlashi “vaziyatga qarab” bo‘lishini ta’kidladi.

Avvalroq AQSh Davlat kotibi Marko Rubio NATOning Rossiyaning NATO davlatlari havo hududini buzayotgani haqidagi bayonotlari “yangilik emas”ligini aytgan edi.

Avvalroq, Estoniya havo hududini buzgan Rossiyaning MiG-31 samolyoti bilan bog‘liq hodisa ortidan NATO Rossiyaga qat’iy javob berishga va’da bergan edi.

Kiritildi: 09:45 24.09.2025. O'qildi: 943 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!