Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Tramp: "Musulmonlarga zulm qilganlarni jazolashga haqliman"

Tramp: "Musulmonlarga zulm qilganlarni jazolashga haqliman"

AQSh prezidenti Donald Tramp Pekin bilan foydali savdo bitimini buzmaslik uchun  Xitoyga qarshi sanksiyalarni musulmon uyg‘urlarni ta’qib qilgani sababli qoldirdi. U bu haqda Axios jurnalisti bilan suhbatda gapirdi.

"Xo‘sh, biz katta kelishuvning o‘rtasida turibmiz... Men 250 milliard dollargacha daromad keltiradigan bitim qildim", — deya prezident jurnalistning tegishli savoliga javob berdi. U hozircha choralar ko‘rishni rad etganini, chunki muzokaralarga xalaqit berishi mumkinligini tushuntirdi. Bundan tashqari, u kiritgan savdo bojlari, uning fikriga ko‘ra, Xitoy iqtisodiyotiga har qanday sanksiyalardan ko‘proq zarar yetkazdi.

Nashrning ta’kidlashicha, suhbatda Tramp 2020 yilda "Uyg‘urlar huquqlariga oid siyosat to‘g‘risida" qonunni imzolaganini ta’kidlagan, bu esa musulmon ozchiliklarni zulm qilishda ishtirok etgan xitoylik amaldorlarni jazolashga imkon beradi.

May oyi oxirida AQSh Kongressi Shinjon-Uyg‘ur muxtoriyatidagi musulmonlarga zulm o‘tkazishda ayblanayotgan Xitoy fuqarolariga nisbatan yanada qattiq sanksiyalar kiritishga imkon beradigan qonun loyihasini qabul qildi. Matnda aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan qattiq choralar ko‘rilishi, masalan, AQShga viza berishni rad etish va ularning mulkini muzlatish ko‘zda tutilgan.

Kiritildi: 16:20 22.06.2020. O'qildi: 3475 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!