Belgiya 2029 yilga qadar qolgan 53 ta F-16 samolyotini Ukrainaga topshirishni rejalashtirmoqda, ammo hali birortasi ham Kiyevga yetkazib berilmagan.
Bu haqda Belgiya mudofaa vaziri Te Franken ma’lum qildi.
Nashrning xabar berishicha, dastlabki yettita samolyot 2026 yilda yetkazib berilishi rejalashtirilgan, ulardan to‘rttasi parvoz holatida emas, balki o‘quv simulyatorlari sifatida ishlatilishi kerak.
Ta’kidlanishicha, avvalgi hukumat va’dalariga qaramay, Belgiya 2024 yilda dastlabki ikkita samolyot yetkazib berilishini e’lon qilganiga qaramay, hali ham Ukrainaga birorta ham F-16 yetkazib bermagan.
Kechikish 2018 yilda AQShdan buyurtma qilingan va eskirgan F-16 flotini almashtirish uchun mo‘ljallangan F-35 qiruvchi samolyotlarining yetkazib berilishi bilan bog‘liq.