Bugun 9 may, 2026 yil, shanba

КИР

Tramp Hormuz bo‘g‘ozida "Ozodlik loyihasi" operasiyasini qayta boshlashga ruxsat berdi

Tramp Hormuz bo‘g‘ozida "Ozodlik loyihasi" operasiyasini qayta boshlashga ruxsat berdi

AQSh prezidenti Donald Tramp agar Eron bilan muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlansa, Vashington Hormuz bo‘g‘ozi orqali kemalar tranzitini osonlashtirish dasturi bo‘lgan "Ozodlik loyihasi" operasiyasini qayta boshlashi mumkinligini aytdi.

Tramp bu haqda Oq uyda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

"Agar hech narsa bo‘lmasa, biz "Ozodlik loyihasi"ga qaytishimiz mumkin, ammo bu "Ozodlik loyihasi plyus" bo‘ladi", dedi Tramp.

AQSh operasiyani 4 may kuni boshlagan, ammo ertasi kuni Amerika rahbari uning vaqtincha to‘xtatilishini e’lon qildi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, tashabbusni to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror Pokiston va boshqa bir qator mamlakatlarning iltimosiga binoan qabul qilingan.

Kiritildi: Bugun 11:15. O'qildi: 309 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!