Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Tramp muhojirlar uchun qoidalarni kuchaytirdi

Tramp muhojirlar uchun qoidalarni kuchaytirdi

Tramp ma’muriyati boshpana izlovchilar va ba’zi gumanitar dasturlar ishtirokchilariga ishlash uchun ruxsatnomalar berish qoidalarini kuchaytiruvchi yangi siyosatni tasdiqladi.

Bu haqda Wall Street Journal nashri xabar berdi.

Aniqlanishicha, hujjatlarning amal qilish muddati avvalgi besh yil o‘rniga 18 oygacha qisqartiriladi. AQSh Fuqarolik va Immigrasiya Xizmati (USCIS) komissari Djozef Edlou bu qarorni ariza beruvchilar ustidan nazoratni kuchaytirishi bilan izohladi. Uning ta’kidlashicha, xorijliklar "AQShda ishlash huquq emas, imtiyoz" ekanligini hisobga olishlari kerak.

Edlouning aniqlik kiritishicha, bu chora 26 noyabr kuni Vashingtonda asli afg‘onistonlik Rahmonulla Laqanval Oq uy yaqinida Milliy gvardiya qo‘shinlariga qarata o‘t ochgan voqeaga javobdir. Ikki kishi yaralangan: 20 yoshli Sara Bekstrom keyinroq vafot etgan, uning 24 yoshli hamkasbi esa og‘ir ahvolda.

Kiritildi: Bugun 08:30. O'qildi: 205 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!