AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat milliy xavfsizligini mustahkamlash maqsadida AQSh 1 avgustdan boshlab misga 50 foizlik boj joriy etishini aytdi.
Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
Tramp mis yarimo‘tkazgichlar, samolyotlar, kemalar, o‘q-dorilar, ma’lumotlar markazlari, litiy-ion batareyalar, radar tizimlari, raketalarga qarshi mudofaa tizimlari va gipertovushli qurollar uchun zarur ekanligini eslatdi.
"Mis - Mudofaa vazirligida ikkinchi eng mashhur material! Nima uchun bizning ahmoq va uyqusiragan "rahbarlarimiz" bu muhim sanoatni yo‘q qilishdi?" - deya g‘azablandi u.