Tramp men bilan suhbat chog‘ida Ukraina bo‘yicha "aniqroq pozisiyani" bayon qildi, dedi Olaf Shols.
Germaniya kansleri bu haqda Sueddeutsche Zeitung nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Sholsning so‘zlariga ko‘ra, u AQShning saylangan prezidenti bilan Ukrainadagi urushni muhokama qilgan va Tramp "ko‘pincha e’tirof etilganidan ko‘ra aniqroq pozisiyaga ega" degan fikrga kelgan. Kansler bunda nimani nazarda tutganini tushuntirmadi.