Bugun 2 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tramp Maskning Tesla uchun ajratilgan subsidiyalarini tekshirmoqchi

Tramp Maskning Tesla uchun ajratilgan subsidiyalarini tekshirmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp va milliarder Ilon Mask o‘rtasidagi nizo yana keskinlashdi. Seshanba, 1 iyul kuni Tramp elektromobil ishlab chiqaruvchi Tesla va Maskka tegishli boshqa kompaniyalarga berilgan davlat subsidiyalarini tekshirish mumkinligi haqida ogohlantirdi, dep yozadi DW.

Bu Ilon Maskning prezident ilgari surgan, hozirda AQSh Senatida to‘xtab turgan yangi soliq-byudjet qonuniga qarshi yana bir keskin bayonotidan keyin sodir bo‘ldi.

«Ehtimol, DOGE deb nomlangan samaradorlik agentligi Mask kompaniyalariga ko‘rsatilayotgan davlat yordamini diqqat bilan o‘rganib chiqishi kerakdir. Ilon ehtimol, tarixdagi eng ko‘p subsidiya olgan inson bo‘lishi mumkin. Agar bu yordam bo‘lmaganida, u o‘z biznesini yopib, Janubiy Afrikaga qaytishga majbur bo‘lardi. Hech qanday raketa uchirish, sun’iy yo‘ldosh yoki elektromobil ishlab chiqarish bo‘lmas edi. Mamlakatimiz esa boylikni tejagan bo‘lardi», – deb yozdi Tramp o‘zining Truth Social platformasida.

Janubiy Afrikada tug‘ilgan Ilon Maskning biznes imperiyasiga Tesla kompaniyasidan tashqari, SpaceX fazoviy kompaniyasi va Starlink sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimi ham kiradi.

Kiritildi: 20:40 01.07.2025. O'qildi: 513 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!