Bugun 16 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tramp Maskdan qutulmoqda... Tramp va Mask – ittifoq tugadimi?

Tramp Maskdan qutulmoqda... Tramp va Mask – ittifoq tugadimi?

Milliarder Ilon Mask yaqin haftalar ichida siyosiy faoliyatini kamaytiradi va o‘z biznesini boshqarishga qaytadi. AQSh prezidenti Donald Tramp bu haqda yaqin atrofidagilarga ma’lum qilganini Politico nashri yozmoqda.

Nashr manbalari prezident hali ham Mask va uning faoliyatidan mamnunligini ta’kidlashmoqda. Ma’muriyatning yuqori lavozimli amaldori, ehtimol, milliarder Oq uyda vaqti-vaqti bilan paydo bo‘lib turadigan norasmiy maslahatchi rolini saqlab qolishiga ishonch bildirmoqda.

Politico suhbatdoshlari Maskning siyosiy ishlardan chetlashishi may oyining oxiri yoki iyun oyining boshlarida, uning e’lon qilingan ish muddati tugagach sodir bo‘lishini kutishmoqda.

Kecha Tramp milliarder Ilon Mask rahbarlik qilayotgan Qo‘shma Shtatlar hukumati samaradorligi departamenti (DOGE) "ma’lum bir paytda" o‘z faoliyatini to‘xtatishini ma’lum qildi.

"Men uni iloji boricha uzoqroq ushlab turardim. U juda iste’dodli yigit, bilasizmi, men juda aqlli odamlarni yaxshi ko‘raman, u esa juda aqlli va yaxshi ish qildi," - dedi AQSh prezidenti Mask haqida va qo‘shimcha qildi: "U katta kompaniyani boshqarishi kerak va qachondir u yana qaytib keladi."

Kiritildi: 21:45 02.04.2025. O'qildi: 1232 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!