AQShning kuch tuzilmalari rahbariyati Isroil Mudofaa vazirligiga yaqin ikki oy ichida amerikalik harbiylarni Suriyadan olib chiqishni boshlash rejalashtirilayotgani haqida ma’lumot berdi, deya xabar qilmoqda Ynet.
"Shu paytgacha Isroil buning oldini olishga harakat qilib kelgan, ammo endi ma’lum bo‘lishicha, bu sa’y-harakatlar natija bermagan. Biroq mudofaa vazirligi AQSh qo‘shinlarining Suriyadan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Vashington ustidan bosim o‘tkazishni davom ettirmoqda," deya ta’kidlamoqda nashr.