Bugun 12 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Tramp Mask bilan yarashadimi?

Tramp Mask bilan yarashadimi?

AQSh prezidenti Donald Tramp Ilon Mask bilan munosabatlarni tiklash rejasi yo‘qligini aytdi va nihoyat do‘stlik tugadi . Amerikaning ikki eng qudratli shaxsi o‘rtasidagi ziddiyat Mask Trampning yangi soliq qonunini keskin tanqid qilib , Kongressga o‘tkaziladigan oraliq saylovlarda demokratlarni qo‘llab-quvvatlashi mumkinligini aytganidan keyin kuchaydi.

Shanba kuni NBS telekanaliga telefon orqali bergan intervyusida Tramp Mask bilan munosabatlarini “tugan” deb hisoblaganini aytdi. Oq uy rahbarining aytishicha, tadbirkor "prezidentlik idorasiga hurmasizlik qilgan" va mumkin bo‘lgan yarashuv haqidagi savolga "yo‘q" deb javob bergan.
Tramp, shuningdek, Maskni respublikachilarga qarshi chiqqan nomzodlarni moliyalashga qaror qilsa, “jiddiy oqibatlar” haqida ogohlantirdi. Tramp nimani nazarda tutganiga aniqlik kiritmadi. Mask bu bayonotga hozircha izoh bermadi. U avvalroq Tramp haqidagi bir qator tanqidiy postlarni, jumladan, prezidentning Jeffri Epshteyn bilan aloqalari borligi haqidagi da’volarni o‘chirib tashlagan.

So‘nggi oylarda ikki o‘rtada keskinlik kuchaygan. Ikkala tomon maslahatchilarining so‘zlariga ko‘ra, ba’zi Tramp insayderlari murosaga chaqirish orqali mojaroni bartaraf etishga harakat qilmoqda. Ammo boshqalar, asosan Marko Rubio tarafdorlari, Maskning, ayniqsa, ma’muriyat siyosatini tanqid qilish va ijtimoiy tarmoqlardagi keskin izohlari bilan haddan tashqari uzoqqa ketganiga ishonishadi.

Trampning 2024 yilgi kampaniyasining ashaddiy tarafdori bo‘lgan va hukumat islohotida ishtirok etgan Tesla va X bosh direktori so‘nggi haftalarda o‘z kompaniyalariga e’tibor qaratdi. Shunga qaramay, uning ochiq bayonotlari va ishbilarmon doiralardagi ta’siri, ayniqsa respublikachi saylovchilar va donorlar orasida muhimligicha qolmoqda.

Vise-prezident J.D.Vens payshanba kuni podkastda nutq so‘zlab, murosaga umid bildirdi. U Maskni iqtidorli tadbirkor sifatida maqtab, “Agar Ilon biroz sovib qolsa, hammasi joyiga tushishini” ta’kidladi. Ammo u Epshteyn ishi bo‘yicha Maskning da’volarini ham keskin rad etdi va ularni asossiz deb atadi.

Tramp va Mask o‘rtasidagi munosabatlar tarixan o‘zgaruvchan bo‘lib, hamkorlikdan tortib to achchiq mojarogacha bo‘lgan. Tramp avvalroq Maskning kompaniyalari, jumladan SpaceX bilan federal shartnomalarni bekor qilish haqida gapirgan edi. Ammo o‘tgan hafta u buni faqat "o‘zi uchun adolatli va mamlakat uchun adolatli" bo‘lsa, buni o‘ylab ko‘rishini aytdi.

Kiritildi: 07:57 10.06.2025. O'qildi: 497 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!