TRIPP (The Trump Route for International Peace and Prosperity - Xalqaro tinchlik va farovonlik uchun Tramp marshruti) loyihasi dunyoning iqtisodiy jihatdan muhim mintaqasi orqali o‘tuvchi yo‘nalish bo‘lib, Kaspiy dengizi bo‘ylab savdo faolligini oshiradi hamda Markaziy Osiyo xalqlariga yordam beradi.
Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp mintaqa yetakchilari bilan uchrashuvda ma’lum qilgan.
Uning eslatishicha, bu yo‘nalishni amalga oshirish Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi tarixiy kelishuvdan so‘ng mumkin bo‘lgan.
"Ushbu tarixiy kelishuv yangi Tramp marshruti qurilishini ham o‘z ichiga oladi. Bu ajoyib. Ozarbayjon va Armaniston uni mening nomimga qo‘yishdi. Men buni chin dildan qadrlayman. Bu haqiqatan ham ajoyib kelishuv. Bu xalqaro tinchlik uchun yangi Tramp marshruti. Bu dunyoning iqtisodiy jihatdan muhim mintaqasi orqali o‘tadigan yo‘l bo‘lib, Kaspiy dengizi bo‘ylab savdo faolligini oshirishga yordam beradi. Kelishuvimiz taqdim etgan imkoniyatdan foydalanib, tinchlik uchun imkoniyatlardan foydalanamiz" - dedi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, 8 avgust kuni Vashingtonda Ozarbayjon va Armaniston rahbarlari AQSh prezidenti ishtirokida yetti banddan iborat qo‘shma deklarasiyani imzolagan edi. Mazkur hujjat qoidalaridan biri mintaqaviy kommunikasiyalarni blokdan chiqarish doirasida Zangezur yo‘lagi ("Tramp yo‘nalishi" – yo‘lakning Armaniston orqali o‘tadigan 42 kilometrlik qismi) ishga tushirilishi bilan bog‘liq.
Bundan tashqari, Ozarbayjon va Armaniston tashqi ishlar vazirlari tinchlik va davlatlararo munosabatlarni o‘rnatish to‘g‘risidagi bitimni paraflashdi.