Tramp marixuanani “zarari kamroq” narkotik sifatida qayta tasniflashni taklif qildi — The Wall Street Journal.
Gazeta manbalariga ko‘ra, AQSh prezidenti bunday fikrni avgust boshida Nyu-Jersidagi o‘zining golf-klubida o‘tkazilgan xayriya kechki ovqatida bildirgan.
WSJ suhbatdoshlarining aytishicha, ushbu kechki ovqatda eng yirik kanabis ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanuvchi Trulieve kompaniyasi bosh direktori Kim Rivers ham bo‘lgan. Rivers Trampni marixuanani tibbiy qo‘llanilishini kengaytirish bo‘yicha tadqiqotlarni oshirishga chaqirgan.