Bugun 22 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Tramp ma’qullagan Grenlandiya bo‘yicha kelishuvda orolni AQShga topshirish nazarda tutilmagan

Tramp ma’qullagan Grenlandiya bo‘yicha kelishuvda orolni AQShga topshirish nazarda tutilmagan

Axios nashri ma’lumotlariga ko‘ra, kelishuv 1951 yildagi Grenlandiyani himoya qilish to‘g‘risidagi bitimni yangilashni nazarda tutadi. Hujjat Qo‘shma Shtatlarga NATO'ning tegishli qarori asosida orolda harbiy bazalar qurish va mudofaa hududlarini tashkil etish imkonini beradi.

Shuningdek, Grenlandiyada xavfsizlikni kuchaytirish, Arktikada NATO faoliyatini kengaytirish va xomashyo resurslari sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish taklif etilmoqda. Bundan tashqari, kelishuvda orolga “Oltin gumbaz” raketaga qarshi mudofaa tizimini joylashtirish, Rossiya hamda Xitoyning “tashqi ta’siri” ga qarshi kurashish choralari ham tilga olingan.

Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livittning Axios'ga bildirishicha, barcha manfaatdor tomonlar tafsilotlarni kelishib olganlaridan so‘ng, ular jamoatchilikka e’lon qilinadi.

Yaqin kunlarda AQSh Daniya va Grenlandiya bilan ehtimoliy kelishuv shartlari bo‘yicha yuqori darajadagi muzokaralarni boshlashi kutilmoqda. Qayd etilishicha, bitim rasman tasdiqlanmagan. Tramp esa Grenlandiyani sotib olishni talab qilishda davom etmoqda.

Kiritildi: Bugun 13:07. O'qildi: 415 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!