Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tramp ma’muriyatining qarori ortidan Gonkong universitetlari ko‘proq xorijlik talabalarni qabul qilishi e’lon qilindi

Tramp ma’muriyatining qarori ortidan Gonkong universitetlari ko‘proq xorijlik talabalarni qabul qilishi e’lon qilindi

"Gongkong oliygohlari Tramp ma’muriyatining Garvard universitetiga xorijiy davlat fuqarolarini o‘qishga qabul qilishni taqiqlovchi qaroridan jabr ko‘rgan talabalarni qabul qilishga tayyor", — deya ma’lum qildi Gonkong ta’lim vaziri Kristin Choy.

Jumladan, Gonkong fan va texnologiyalar universiteti xorijiy talabalar hamda Garvardga kirishga ulgurgan, ammo o‘qish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan abituriyentlarni Gonkongda ta’limni davom ettirishga taklif qildi. Universitet ular uchun qabul jarayonlarini soddalashtirishni, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash dasturlarini joriy etishni va’da berdi. Ushbu universitet dunyodagi eng nufuzli oliygohlar ro‘yxatida 105-o‘rinni egallaydi, Garvard mazkur reytingda 1-o‘rinda turadi.

AQSh federal sudi mazkur taqiqni vaqtincha to‘xtatgan bo‘lsa-da, minglab chet ellik talabalar, bitiruvchilar va abituriyentlarning kelajagi hamda Qo‘shma Shtatlardagi huquqiy maqomi hanuzgacha noaniq bo‘lib qolmoqda.

Kiritildi: 20:06 24.05.2025. O'qildi: 375 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!