Bu haqda “Meduza” nashri xabar bermoqda.
AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tashkilotning yong‘inga qarshi va qidiruv-qutqaruv ishlari uchun moliyaviy qo‘llab-quvvatlashini to‘xtatgani ma’lum qildi.
Shu bilan birga, AQSh Davlat departamenti tomonidan 1,4 million dollar miqdoridagi moliyaviy yordam hanuz saqlanib qolmoqda.
“Oq kaskalilar” — Suriyadagi mojarolar qurbonlariga yordam ko‘rsatuvchi hayriya tashkiloti bo‘lib, 2013 yilda tashkil etilgan. Dastlab u hukumatga qarshi guruhlar nazoratidagi hududlarda faoliyat yuritgan. 2024 yil dekabrda Bashar Asad boshqaruvi qulaganidan so‘ng, tashkilot butun Suriya hududida ishlashni davom ettirmoqda. USAID esa tashkilotning eng yirik donorlaridan biri hisoblangan.